Farmasevtika sanoati Davlat-aksiyadorlik konserni (”O`zfarmsanoat”) 1993 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 2 iyundagi PF-609-sonli Farmoniga asosan tashkil topgan.
Bugungi kunda Konsern:
tarkibida 70 ta korxona va tashkilotlar, ulardan 3 ta chet el korxonasi, 11 ta qo`shma korxona, 3 ta ilmiy-tadqiqot institut va 1 ta ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat ko`rsatayotgan, rivojlangan farmindustriya;
Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Chexiya, Xindiston, Turkiya, Eron, Shveysariya, MDX mamlakatlarining farmasevtika firmalari bilan sherikchilik munosabatlar;
Singapur, Pol’sha va Koreya kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari ishlab chiqilmoqda;
O`zbekiston farmindustriyasiga real investisiyalar;
xar yilda deyarli oshayotgan ishlab chiqarish hajmi;
zamonaviy talab darajasida ishlab chiqarishni ta’minlaydigan sanoat va ilmiy baza;
tabletka, kapsula, in’eksiya, infuzion eritma, nastoyka, ekstrakt, sirop, bal’zam, vaksina, zardob, normoflora preparatlari ko`rinishidagi dori vositalarni ommaviy ishlab chiqarish;
bo-lash materiallari va tibbiy gigroskopik momiqni ishlab chiqarish;
tibbiy polietilen idish ishlab chiqarish;
dorivor o`simliklarni sanoat sharoitid yetishtirish va qayta ishlash.
Soha faoliyati va rivojlanishining asosiy yo`nalishlari:
· farmasevtika mahsuloti va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish bo`yicha yangi korxonalarni barpo etish va faoliyat ko`rsatayotganlarini modernizasiya qilish;
· respublika so-liqni saqlash muassasalari talabini va eksportni qondirish uchun zarur bo`lgan hajm va turlardagi dori vositalarni ishlab chiqarishni kengaytirish;
· mahalliy xom ashyo, shu jumladan dorivor o`simlik xom ashyosini, ishlab chiqarishda maksimal ravishda ishlatish;
· kamtonnajli substansiya va boshqa faol moddalarnii ishlab chiqish va ishlab chiqarishni tashkil etish;
· zamonaviy jixozlangan maxsus korxonalarni tashkil etish;
· farmasevtika va boshqa korxonalar uchun yordamchi mahsulot va materiallarni ishlab chiqarish;
· mahsulot sifatini xalqaro andozalar darajasida ta’minlash.
O`zbekiston farmasevtika sanoatini rivojlanishiga ilmiy muassasalar o`zining salmoqli ulushini kiritmoqdalar. Konsern tizimida 3 ilmiy- tadqiqot institut (O`zKFITI, ToshVZITI, “Sharq tabobati” ITI) faoliyat yuritmoqda, ularda 6 nafar fan doktori, 25 nafar fan nomzodlari, 100 dan ziyod ilmiy xodimlar mehnat qismoqda. Ular kimyo sintez, mahalliy o`simlik, mineral, biologik kelib chiqishdagi xom ashyolar bazasida preparatlarni ishlab chiqarish sanoat texnologiyalarni qidiruv va yaratish, shuningdek ishlab chiqarishda joriy etish ishlarini olib bormoqdalar.
Xar yili o`tkaziladigan innovasion -oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarida konsernning korxona va institutlari, shuningdek turdosh akademik ilmiy-tadqiqot institutlar faol qatnashadilar. O`tkazilgan 1,2 va 3-yarmarkalar doirasida tuzilgan shartnomalarning natijalari:
1- yarmarka bo`yicha (2008 yil 30 aprel’- 2 may) 3ta nomdagi dorivor substansiyalarni (fenasal, allapinin) (O`MKI- “Radiks” IICHK, BOKI- “Novofarma plyus” QK) va 1 ta nomdagi dorivor o`simlikni (do`lana mevasi) (”Sharq tabobati” ITI - “Radiks” IICHK) yetkazib berish bo`yicha 12,4 mln.so`m hajmida 4 ta shartnoma bajarildi. Fenasal tabletkalari, lagoden eritmasi va do`lana nastoykasini seriyalab ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 1085,36 mln.so`mlik 1 516,1 ming shartli birlik miqdorida tayyor dori vositalar ishlab chiqarildi.
2- yarmarka bo`yicha (2009 yil 28-30 aprel’) 3 ta nomdagi dorivor substansiyalarni yetkazib berish bo`yicha (”Sharq tabobati” ITI - “Radiks” IICHK) 289,325 mln.so`m hajmida 2 ta shartnoma bajarildi. Albezol tabletkalari, radalin eritmasini seriyalab ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 641,8 mln.so`mlik 81,8 ming shartli birlik miqdorida tayyor dori vositalar ishlab chiqarildi.
3- yarmarka bo`yicha (2010 yil 1-3 mart) selAgrip substansiyasini yetkazib berish bo`yicha PKFI - “Radiks” IICHK) 50,0 mln.so`m hajmida 1 ta shartnoma va tibbiy mahsulotni sertifikatlash bo`yicha (ToshFarmI g` “Nobel’farmsanoat” CHEK) 10,0 mln.so`m hajmida yana 1 ta shartnoma bajarildi. SelAgrip tabletkalarini seriyalab ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi va 311,4 mln.so`mlik 120,1 ming shartli birlik miqdorida tayyor dori vositalar ishlab chiqarildi.
Jami bajarilgan shartnomalar bo`yicha 2 038,56 mln.so`mlik 1718 ming shartli birlik miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi va 10,0 mln.so`mga tibbiy mahsulot sertifikatlandi.
2011 yil 13-15 aprelda “Uzeksposentr” MKK da 4-innovasion -oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o`tkazildi. Yarmarka doirasida 150, 197 mln.so`mlik 4 ta bayonnoma tuzildi: medamin dorivor substansiyasini yetkazib berish bo`yicha 62,797 mln.so`m hajmida O`MKI - “Radiks” IICHK; selAgrip substansiyasini yetkazib berish bo`yicha 60,0 mln.so`m hajmida PKFI - “Radiks” IICHK; Kardiospas preparatini sotish bo`yicha 25 mln.so`m hajmida O`zKFITI g` Alias Farm SHK va zizifora hamda ja–ja- o`tini yetkazib berish bo`yicha 2,4 mln. so`m hajmida “Sharq tabobati” ITI g` “Galenika” MCHJ.
O`zbekiston Respublikasida 2011 yil 1 yanvar’ holatiga mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 20 ta dorivor shakldan ziyod 94 ta farmakoterapevtik guruhlar bo`yicha 970 ta dori vositalar ro`yxatga olingan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.11.2007 y. PQ-3937-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 16.04.2010 y. 72-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida konsern korxonalari Kooperasiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi. 2011 yil 6 oyining ishlab chiqarish dasturini bajarishga zarur bo`lgan xom ashe va materiallarni sotib olish uchun tuzilgan 20 ta shartnomaning summasi 1820,6 mln.so`mni tashkil etgan. Amalda hisobot davrida 2 548,5 mln.so`mlik mahsulot sotib olindi (istiqbolga nisbatan 140% ).
2011 yilning birinchi yarim yilligida 6 ta korxonada 17 ta nomdagi yangi dori vositalarni o`zlashtirish rejalashtirilgan. Amalda 12 ta farmakoterapevtik guruhlar bo`yicha 18 ta nomdagi yangi dori vositalar o`zlashtirildi ((”Dentafil plyus” hK da -8, “Radiks” IICHK da g` 3, “Nika Farm” XXSHK da g` 3, “Nobel’farmsanoat” CHEK g` 3 va “Novofarma plyus” QK da - 1). O`zlashtirilgan yangi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi 3447,11 mln.so`mlik 1 904,538 ming shartli birlikni tashkil etdi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan mahsulotning asosiy turlari bo`yicha, joriy yilning 1 yarim yilligida 111,8 mlrd.so`mni tashkil etadi (o`sish sur’ati 145%). 105 mlrd.so`mlik dorivor mahsulot (o`sish sur’ati 144,6%) ishlab chiqariladi. Iste’mol tovarlarni ishlab chiqarish hajmi 2011 yilning birinchi yarim yilligida 108,7 mlrd.so`mni tashkil etdi (o`sish sur’ati 145,4%)
Natural ko`rinishda 128,8 mln. shartli birlik hajmida mahsulot, shu jumladan dori vositalar 98,9 mln. shartli birlik hajmida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
O`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur’atining yuqori ko`rsatkichlari quyidagilar hisobiga ta’minlanadi:
in’eksion preparatlar - 9,9 mln. jamlama, o`sish sur’ati 211%;
infuzion preparatlar - 11,7 mln. flakon, o`sish sur’ati 182,3%;
tabletka shaklidagi preparatlar - 23,9 mln. jamlama, o`sish sur’ati 122,9%;
kukun ko`rinishdagi antibiotiklar - 33,7 mln. flakon, o`sish sur’ati 120,6%;
1,3 mln. jamlama hajmida dorivor shaklning yangi turi g` suppozitoriy ishlab chiqarilishi boshlandi.
Joriy yilning 1 yarim yilligida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi dori vositalar bo`yicha 68,3% ni, yordamchi materiallar bo`yicha g` 83,2% ni va jami konsern bo`yicha 71,3%ni tashkil etadi, o`sishi 14,6%.
2011 yilda ishlab chiqarishda 31 nomdagi 45 ta pozisiya 19 ta farmakoterapevtik guruhlar bo`yicha va 14 nomdagi ADVRga kiritilgan yangi dori vositalarni o`zlashtirish rejalashtirilgan. hisobot davrida 5 ta korxonada 18 ta nomdagi yangi dori vositalar o`zlashtirildi (”Dentafil plyus” hK da -8, “Nika Farm” XXSHK da g` 3, “Nobel’farmsanoat” CHEK g` 3, “Radiks” IICHK da g` 3 va “Novofarma plyus” QK da - 1). Joriy yilning birinchi yarimida o`zlashtirilgan yangi mahsulot ni ishlab chiqarish hajmi 3,5 mlrd.so`mlik 1 904,5 ming.shartli birlikni tashkil etdi.
Mahsulot assortimenti kengayishi, xalqaro standartlarga javob beradigan sifat ko`rsatkichlari eksport hajmini oshirishga imkon berdi. 2011 yil birinchi yarimida 846,1 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingan (reja bo`yicha g` 741,0 ming AQSH dol., bajarilishi 114,2%), ya’ni o`tgan yilning ushbu davriga nisbatan 157,6% ni tashkil etdi. Eksportning umumiy hajmidan 62,4%, yoki 528,2 ming AQSH dollarlik dori vositalar eksport qilingan (rejaga nisbatan 120,0%).
Rossiya, Qozo-iston, Qir-iziston, Af-aniston, Turkmaniston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlarida 8 ta korxona bo`yicha (”Radiks” IICHK, “Agro bio kimyo” MCHJ, “Reka med farm” MCHJ QK, “Zamona Rano” MCHJ, “Novopharma” MCHJ QK, “Nika Pharm” XXSHK, “Nobel pharmsanoat” CHEK, “Jurabek Laboratories” MCHJ QK) 130 pozisiya bo`yicha preparatlar ro`yxatdan o`tkazildi.
Korxonalarning mahsuloti Qozo-iston, Qir-iziston, Turkmaniston, Armaniston, Gruziya, Mongoliya, Af-aniston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
2011 yilda “O`zfarmsanoat” DAK tarkibiga kiruvchi 3 ta korxonada “Zamona Rano” MCHJ, “Remedi” QK va “Remedi grupp” QKda sifat menedjmenti tizimi joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasining 19.06.2009 yildagi “Respublika korxonalarida xalqaro standartlariga mos sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`-risida”gi 173-sonli qarori va Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo`yicha Maxsus ishchi guruhni 05.01.2010 yildagi 04-8-41- majlis bayoniga muvofiq sifatni boshqarish tizimini 2013 yilgacha joriy etish yuzasidan bo`yicha 9 ta korxona bo`yicha ( “Radiks” IICHK, “Reka med farm” QK, “Samsung Tashkent” QK, “Immunomed” hK, “NASA” hK, “Nobel’farmsanoat” CHEK, “Galenika” MCHJ, “Texnofarm” OAJ, “O`zkimyofarm” OAJ) monitoring olib borilmoqda va har oyda “Uzstandart” Agentligi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etilmoqda.
Bugungi kunda konsern tarkibidagi 4ta korxonada (”Dentafil plyus” hK, “Nika Farm”, “Novofarma plyus” QK va “Jurabek Laboratories” da ISO-9001 sifatni boshqarish tizimlari sertifikatini oldi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2011 yilda 17 ta loyiha bo`yicha 9-ta korxonada 134,8 mlrd. so`mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 1-chorak natijalari bo`yicha 25,9 mlrd. so`mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarildi.
Investisiya dasturlari.
2010 yil natijalari bo`yicha soha korxonalari tomonidan 13 investisiya loyihalari bajarildi. Jami ushbu 13 ta loyiha bo`yicha investisiyalarni o`zlashtirish hajmi 8158 ming AQSH doll. tashkil etdi, yoki istiqbolga nisbatan 110,1%.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoati rivojlanishining ustuvor yo`nalishlari to`-risida”gi Dasturi doirasida (2-ilova) 390,4 mln.AQSH dollarlik 33 ta investisiya loyihalarini amalga oshirish ko`zda tutilgan.
2011 yilda 60,5 mln.AQSH dollarlik 29 ta investisiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Oyma-oy jadvallarga muvofiq hisobot davrida 267,45 mln.AQSH dollarlik 19 ta loyihani amalga oshirish bo`yicha ishlar olib borildi.
Joriy yilning birinchi yarimida 21,15 mln.AQSH dollarlik investisiyalarni o`zlashtirish ( reja g` 18,93 mln. AQSH dollar, bajarilishi 111,8%) va 25,5 mln. AQSH dollarlik investisiyalarni jalb etish (reja g` 23,48 mln. AQSH dollar, bajarilishi 108,6%) kutilmoqda.
Ettita korxona bo`yicha investisiyalarni jalb etish va o`zlashtirish istiqbolini orti-i bilan bajarish kutilmoqda: “Ultra Health Care” QK (192,8%), “Nobel Pharmsanoat” CHEK (jalb etish -200,0%, o`zlashtirish -100%), “SALUBRIS VITA” QK MCHJ (151,7), “Novafarm” MCHJ (150%), “ASIA TRADE” MCHJ QK (129,9%), “NASA” hK (jalb etish - 126,7%, o`zlashtirish g` 190%), “Dentafill Plyus” hK (105,6%). “Remedy Group” MCHJ QK joriy yilning birinchi choragida muddatdan ilgari investisiya loyihasini amalga oshirdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 29 dekabrdagi PQ-1455-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining 2011 yilga mo`ljallangan Davlat Investisiya Dasturi” doirasida 9 ta investisiya loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilgan. hisobot davrida 19,27 mln. AQSH dollarni o`zlashtirish (reja 15,84 mln. AQSH dollar, bajarilishi 121,6%) va 22,85 mln.AQSH dollarni (reja 20,09 mln. AQSH dollar, bajarilishi 113,7%) jalb etish kutilmoqda.
Yangi ish o`rinlarini barpo etish.
Yangi ish o`rinlarini barpo etish dasturida 2011 yilda 221 ish o`rnini yaratish belgilangan. hisobot davri yakunlari bo`yicha korxonalar tomonidan 90 ta yangi ish o`rnini barpo etish kutilmoqda (rejaga nisbatan 120%). Shu jumladan Investisiya dasturida doirasida g` 18 ta, Mahalliylashtirish dasturi doirasida g` 18, sohani rivojlantirish dasturi doirasida g` 54 ta ish o`rinlarini. Konsern korxonalari bo`yicha ishlovchilarning umumiy soni 2 160 nafar kishidan 2 677 nafar kishigacha oshdi, o`sish sur’ati 123,9% ni tashkil etdi.
“Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi.
Dasturda “O`zfarmsanoat” DAK ga dorivor o`simliklarni yetishtirish, qurutish, yi-ish va qadoqlash bo`yicha tadbirlarni bajarish belgilangan. hisobot davrida bu masala yuzasidan buyruq qabul qilindi va Toshkent viloyati hokimligi bilan Kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Bugungi kunda 6 ta korxonaga 202 gektar yer maydonini rasmiylashtirish bo`yicha ishlar yakunlanmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 49-sonli qarori. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2011 y. “Tayyor dori vositalar importini tartibga solish to`-risida”gi ” 49-sonli qarori doirasida konsernning 15 ta korxonasi (”Nika Pharm” XXSHK, “Nobelpharmsanoat” CHEK, “Texnofarm” MCHJ, “O’zkimyofarm” OAJ, “Galenika” MCHJ, “TashFarm A.I.” MCHJ, “Samsun-Tashkent Farm” QK, ” Remedy Group” MCHJ QK, ” Remedy” MCHJ QK, “Jurabek Laboratories”MCHJ QK, “Novopharma plus” MCHJ QK, “Reka med pharm” MCHJ QK, “Radiks” hIICHK, “Dentafill plyus” hK, “Pharmed sanoat” hK) 45ta XPN yoki 209 SN bo`yicha import o`rnini bosuvchi tayyor dori vositalar ishlab chiqarmoqda.
Import o`rnini bosuvchi tayyor dori vositalarni asosiy ishlab chiqaruvchilari: “Radiks” XIICHK (31 savdo nomi), “Remedi” MCHJ QK (25), “Jurabek Laboratories” QK (24) va “Nobel Pharmsanoat” CHEK (22).
hisobot davrida 61,4 mln. shartli birlik hajmida import o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarildi (rejaga nisbatan 123% ), bu esa 400 ming AQSH dollar miqdordagi valyuta mabla-larini tejash imkonini berdi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 72-sonli qarori. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2011y. “Yirik korxona va ishlab chiqarishlarda texnologik jixoz va texnologiyalarni texnikaviy auditini o`tkazish yuzasidan chora-tadbirlar to`-risida”gi 72-sonli qarori doirasida joriy yilning iyun oyida 10 ta korxonada, shu jumladan konsern tarkibidagi 7 ta korxonada (”O’zkimyofarm” OAJ, “Novopharma plus” MCHJ QK, “Jurabek Laboratories” MCHJ QK, “Radiks” hIICHK, “Nobelpharmsanoat” CHEK, “Reka med pharm” MCHJ QK, “Galenika”MCHJ) texnikaviy audit o`tkazildi. Mazkur tadbir yakunlari bo`yicha bu korxonalarni kelgusida modernizasiya qilish va texnikaviy yangilatish yuzasidan takliflar tayyorlandi.
Shuni ta’kidlash joizdirki, “Uzfarmsanoat” DAK korxonalarining moliyaviy xo`jalik faoliyati ko`rsatkichlarini o`sishi omillari bo`lib soxani rivojlantirishda to`-ri tanlangan strategiya va Respublikamiz Xukumati va Rahbariyati tomonidan maxalliy ishlab chiєaruvchilarni qo`llab quvvatlishi xizmat qiladi.
Bunga quyidagi xujjatlar misol bo`laoladi:
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 noyabrdagi “2011 yilgacha mo`ljallangan farmasevtika sohasi korxonalarini modernizasiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jixozlash Dasturi to`-risida”gi PQ-731-sonli Qarori;
- hukumat tomonidan ma’qullangan “Dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari tayyorlanishida zarur bo`lgan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish kompleks dasturi” ;
- O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 208 va 211-moddalari;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 yanvardagi “Mahalliy xom ashyo asosida tayyor mahsulot, buyum va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturi to`-risida”gi PQ-1048-sonli qarori;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 23 martdagi “2010 yilga mo`ljallangan, sanoat kooperasiya asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishini Mahalliylayshtirish dasturi to`-risida”gi PQ-1306-sonli qarori;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi “2011-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoati rivojlanishining ustuvor yo`nalishlari to`-risida”gi PQ-1442-sonli qarori;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 29 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2011 yilga mo`ljallangan Davlat Investisiya Dasturi to`-risida”gi PQ-1455-sonli qarori;
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 fevraldagi “Tayyor dori vositalar importini tartibga solish to`-risida”gi ” 49-sonli qarori.
O'zgarish sanasi: 31.08.2011