O’zbekiston Respublikasi farmindustriyasi yanada rivojlanishining asosiy maqsadi - zarur bo’lgan dori vositalar ro’yxatida maxalliy xom ashe negizida tayyorlangan, o’zimizda ishlab chiqarilgan dorilar ulushini ko’paytirish.
O’zbekiston, boy maxalliy xom ashe resurslariga, ilmiy-texnik potensialga, malakali kadrlarga, yirik ilmiy bazaga ega. Soxalararo kooperatsiya va integratsiya asosida profilli ilmiy tashkilotlarning ilmiy-texnik potensialidan samarali foydalanish ilmiy xajmdor, yuqoritexnologik farmatsevtika ishlab chiqarishi o’sish uchun sharoit yaratishga imkon beradi..
“O’zfarmsanoat” DAKning mavjud bo’lgan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi va institutlarning potensialidan o’zaro foydalanish quvvatlarni samarali ishlatish, yangi ishlab chiqarish ob’ektlarga mablag’larni sarflamaslik imkonini, xom ashe negizida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko’paytirishni ta’minlaydi, respublikaning eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Buning uchun konsern, yangi raqobatbardosh preparatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishda joriy etilishini ta’minlovchi xo’jalik va ilmiy shartnomalar asosida faol xamkorlikni amalga oshirmoqda. Shartnomalar o’zaromaqbul, o’zaro ishonch va xurmat asosida, tayyorlovchining mualliflik huquqlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Fanlar Akademiyasi, “O’zkimyosanot” DAK, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim vazirligining profilli institutlari bilan dorivor substansiyalar ishlab chiqishini tashkil etish va ishlab chiqarishga yangi original preparatlarni joriy etish bo’yicha yaqindan hamkorlik qilinmoqda. ITI ning eksperimental bazalarida 44 ta nomdagi dorivor substansiyalarni tayyorlash rejalashtirilmoqda, bularning asosida soha korxonalarida tayyor dori shakllari, shu jumladan 26 ta original preparatlar ishlab chiqiladi.
Sanoat raqobatbardoshligini oshirish manfaatida ilm-fan, ishlab chiqarish va moliyaning integratsiyasi, ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish bo’yicha sohalararo aloqalarini kengaytirishga ko’maklashish, innovatsion mahsulotni yaratish jarayoniga byudjetdan tashqari moliyaviy mablag’larni konsentratsiyasi va jalb etilishi quyidagilarni ta’minlaydi:
Xozirgi vaqtda Respublika ilmiy muassasalari tomonidan antiaritmik, xolinesteraz, adaptogen, estrogen, gipotenziv, yallig’lanishga qarshi, gepatoprotektor, antioksidant, gipoxolesterolemik va aterosklerotik, antimikrobli, antivirusli, immunomodullovchi, antigel’mint va boshqa turdagi faolliklar bilan bir qator birikmalarning biologik faolligi o’rganib chiqildi. Ularning ayrimlarini o’rganish asosida yangi dori preparatlar ishlab chiqilgan..
Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston kimyo-farmatsevtika instituti, vaksina va zardoblar instituti, Bioorganik Kime instituti, O’zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Toshkent Farmatsevtika Institutida dori preparatlar substansiyalarini ishlab chiqarish bo’yicha eksperimental uchastkalar faoliyat ko’rsatmoqda, O’zR FA O’simlik moddarlar kimyosi Institutida yiliga 100 tonnagacha o’simlik xom ashyoni qayta ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan Tajriba korxonasi mavjud va faoliyat yuritmoqda. Ushbu tashkilotlarda bir qator original dori preparatlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan: Allapinin antiaritmik preparati, Ekdisten tonusni ko’taradigan va adaptogen preparati, antigel’mint preparatlar - Medamin, Fenasal, xolinesteraz ingibitorlari - Galantamin va Dezoksipeganin, respirator analeptik Tsitizin, virusga qarshi preparatlar - Megosin surtmasi, Gossipol Linimenti, Kagotsel, Mikrotsel, Silksorb, Gidamfolit, Kavilon, Piratsin, Kupir, Kobal’t-30, immunomodullovchi - Batriden, Rutan, Timoptin, Immunomodulin, gepatoprotektorlar - Ragosin, Fitat kobal’ta, qon to’xtatuvchi- Lagoden, yallig’lanishga qarshi preparatlar - Fensulkal, Dixlotazol, revmatizmga qarshi - Benzketozon, o’simlik xom ashyodan preparatlar - Maidin, Xiperxol, Al’seum va boshqalar.
O’zbekiston kimyo-farmatsevtika instituti “Navoi-azot” korxonasi bilan hamkorlikda in’eksion va infuzion eritmalarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan natriy xlorid farmakopeya substansiyasini olish bo’yicha mahalliy texnologiyasini ishlab chiqdi..
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2007 yil 19 noyabrda “2011 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan farmatsevtika sohasi korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jixozlash Dasturi” to’g'risidagi 731-qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ilmiy-tadqiqot institutlarining “O’zfarmsanoat” DAK korxonalari bilan dorivor substansiyalar ishlab chiqarishini tashkil etish va ularni kelgusida tayyor dori shakllarga qayta ishlash uchun sohaning korxonalariga topshirish maqsadida ilmiy ishlab chiqarish kooperatsiyasi va integratsiyasi Dasturi ishlab chiqildi.
Natijada, tabiiy va sintetik biologik faol birikmalar asosida yangi, import o’rnini bosuvchi, eksport uchun yo’naltirilgan, yurak-qon tomiri, virusli va mikrobli kasalliklar, sil kasalligi, buyrak va boshqa xayotiy-muhim organlarning terapiyasi uchun dori vositalar yaratiladi, ularning havfsizligi baxolanadi, zamonaviy talablarga muvofiq ularni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
O'zgarish sanasi: 18.05.2009