Xamkorlik uchun imkoniyatlar

Xozirgi vaqtda konsernning ishlab chiqarish dasturlari, birinchi navbatda, ijtimoiy masalalarni hal qilish - aholining asosiy farmatsevtik guruhlar bo’yicha dori vositalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish va ommaviy qo’llaniladigan medikamentlarning maqbul narhlarini ta’minlash asosida shakllanadi.

Shu maqsadda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan respublika aholisini dori vositalari bilan ta’minlash siyosati kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam, davolash-profilaktika muassasalari ehtiyojlari, ayrim toifadagi bemorlar va aholining ijtimoiy guruhlariga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat buyurtmasi hajmlari orqali belgilanadi. Kelgusida ishlab chiqarish rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - farmatsevtika mahsulotiga bo’lgan bozordagi talab. Bu ehtiyoj umumiy ichki talab va sog’liqni saqlash tizimining talabi uchun birinchi navbatdagi muhimligi doirasida Sog’liqni saqlash vazirligi ekspertlari bilan birgalikda o’zgartirilib turadi.

Uchinchi omil - chet ellik sheriklar uchun beriladigan imtiyoz va preferensiyalar kabi investitsion qulayliklar.

O’zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish uchun asosiy tamoyil - jaxon farmsanoati bilan quyidagilar orqali hamkorlik qilish:

Farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqarishda ihtisoslashtirilgan va ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirayotgan chet el kompaniyalari uchun quyidagilarni aniqlash maqsadida chet el kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulot nomenklaturasini o’rganishi zarur:

Yaqin yillarda “O’zfarmsanoat” DAK farmatsevtika faoliyatini quyidagi yo’nalishlarini rivojlantirish uchun o’z kuchini sarflashga rejalashtirmoqda:

Dori vositalarni ayrim farmakoterapevtik guruhlari bo’yicha aholining talabi to’liq darajada qondirilmayapti.

Dori vositalarni onkologik, miorelaksant, neyroleptik va psixotrop, p/tuberkulez, antidiabetik va boshqa guruhlari ishlab chiqarishda qamrab olinmagan. Suppozitoriy, aerozol liposoma, transdermal shakllar, draje, plenka shakldagi mahsulot ishlab chiqishni o’zlashtirish, qobiq bilan qoplangan kapsula va tabletkalar shaklidagi dorivor preparatlar ruyxatini kengaytirish zarur.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 y. 19 noyabrdagi “2011 yilgacha bo’lgan davrda farmatsevtika tarmog’i korxonalarini modernizatsiya єilish, texnikaviy va texnologik єayta jixozlash dasturi to’g’risida”gi PQ-731-son Qarori qabul qilingan. Dasturga muvofiq ishlab chiqarish hajmini 3 barobar, eksport hajmini esa 2,2 barobar oshirish ko’zda tutilgan.

Dasturda belgilangan vazifalarni bajarish uchun “O’zfarmsanoat” DAK qo’shma korxonalarni barpo etish, farmatsevtika soxasining mavjud bo’lgan korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash bo’yicha yangi sheriklarni jalb etishda manfaatdor.

Farmatsevtika sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Konsern qo’shma korxonalarni barpo etish, O’zbekiston farmatsevtika sohasi korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o’zaromaqbul hamkorlikni taklif etadi.

Konsern o’z tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga, ishlab chiqarish maydonlarini tanlash va sotib olishda, O’zbekiston Respublikasi hududida va chegarasidan tashqari hududlarda dori vositalarni ro’yxatga olish va faoliyat yuritish masalalarida ko’maklashishga tayyor.

O'zgarish sanasi: 29.05.2009

YOQORIGA

instant loans